icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston Prezidenti yetakchi xalqaro konsalting kompaniyalari bilan yaqindan hamkorlik qilish muhim ekanini ta’kidladi

30.09.2021

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30-sentabr kuni shu kunlarda Toshkent shahrida o‘tayotgan Iqtisodiy forum tadbirlarida ishtirok etayotgan «Rothschild&Co» kompaniyasi kuzatuv kengashi raisining o‘rinbosari baron Erik de Rotshild boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Ushbu nufuzli xalqaro konsalting va investitsiya kompaniyasi bilan mamlakatimizdagi yangi iqtisodiy islohotlar dasturi doirasidagi ustuvor loyihalarni ilgari surishda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

«Coca-Cola Uzbekistan» korxonasidagi davlat ulushini xorijiy investorga sotish bo‘yicha kelishuvni amalga oshirish jarayonida muvaffaqiyatli hamkorlik qilingani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Bundan tashqari, mamlakatimiz milliy energetika kompaniyalarini transformatsiya qilish jarayonlarini qo‘llab-quvvatlash borasida qator muhim loyihalar amalga oshirilmoqda.

O‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish, davlat korxonalarini xususiylashtirish, bank sektorini isloh qilish, vinochilikni rivojlantirish masalalarida yuqori malakali konsultatsiya xizmatlarini jalb qilish hamda gumanitar almashinuv dasturlarini amalga oshirishdagi imkoniyatlar alohida qayd etildi.

Yangi imkoniyatlarni o‘rganish va istiqboldagi sheriklik loyihalarini tayyorlash uchun qo‘shma ishchi guruhni shakllantirishga kelishib olindi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo