20.09.2021
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20-sentabr kuni Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi bilan telefon orqali muloqot qildi.
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Ko‘p qirrali hamkorlikning bugungi yuksak sur’ati mamnuniyat bilan qayd etildi. O‘zaro savdo va yuk tashishlar hajmi orti bormoqda, aviaqatnovlar to‘liq tiklandi. Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida kooperatsiya loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Hududlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuvni yanada ko‘paytirish muhim ekani ta’kidlandi.
Afg‘onistondagi vaziyatni hisobga olgan holda xalqaro va mintaqa kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.