icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Turkiya Prezidenti mamlakatimiz yetakchisi va barcha o‘zbekistonliklarni Mustaqillik kuni bilan tabrikladi

01.09.2021

1-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Suhbat avvalida Turkiya rahbari davlatimiz rahbari va O‘zbekistonning ko‘p millatli xalqini yurtimiz mustaqilligining 30-yilligi bilan samimiy qutladi. Do‘st Turkiya xalqi nomidan O‘zbekistonga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tilaklarini izhor etdi.

Prezidentlar ikki tomonlama hamkorlik kun tartibi yuzasidan fikr almashdilar.

Joriy yil boshidan o‘zaro savdo ko‘rsatkichlari ikki barobar o‘sgani va 240 dan ortiq qo‘shma korxona tashkil etilgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Mamlakatlarimiz yetakchi kompaniyalarining kooperatsiyasi kuchayib bormoqda, jumladan, energetika, sanoat, qishloq xo‘jaligi, infratuzilma, turizm va boshqa sohalarda muhim investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda.

Qo‘shma ta’lim va madaniy-gumanitar dasturlar muvaffaqiyatli joriy qilinmoqda. Xususan, shu yilning avgust oyida turkiyalik yetakchi mutaxassislar Toshkent va Samarqand shaharlaridagi arxitektura-qurilish institutlariga rahbar bo‘ldilar.

Yetakchilar bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlar rejasini, shu jumladan Strategik hamkorlik kengashining navbatdagi yig‘ilishiga tayyorgarlik masalalarini ko‘rib chiqdilar.

Afg‘onistondagi harbiy-siyosiy ahvol keskinlashishi ta’sirida mintaqadagi vaziyatning rivojlanishiga alohida e’tibor qaratildi. Mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash masalalari yuzasidan aloqalar va ko‘p tomonlama muloqotni davom ettirish muhim ekani ta’kidlandi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo