icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston Prezidenti va Abu Dabi Amirligi valiahdi keng ko‘lamli sheriklikni yanada kengaytirish choralarini ko‘rib chiqdilar

30.08.2021

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30-avgust kuni Abu-Dabi Amirligi valiahdi, Birlashgan Arab Amirliklari Qurolli Kuchlari Oliy bosh qo‘mondoni o‘rinbosari Muhammad Ol Nahayon bilan telefon orqali muloqot qildi.

Abu Dabi valiahdi Amirliklar xalqi nomidan do‘st O‘zbekiston Prezidenti va xalqini mamlakatimiz mustaqilligining 30 yilligi bilan samimiy muborakbod etib, farovonlik, katta zafarlar va bardavom taraqqiyot tilaklarini izhor etdi.

Tomonlar 2019-yil mart oyida Birlashgan Arab Amirliklariga oliy darajadagi tashrifda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasidagi ishlarning amaliy natijalarini katta mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Kuni kecha Masdar kompaniyasi bilan birgalikda O‘zbekistonda quvvat 100 MVtli ilk quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi. Bundan tashqari, energetika tarmog‘ida yana oltita yirik loyiha amalga oshirilmoqda. Turli tarmoqlarda umumiy qiymati 5 milliard dollarlik 15 ta investitsiya loyihasini ilgari surish ishlari olib borilmoqda.

Boshqaruv sohasida kadrlar, axborot texnologiyalari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash borasida qator muhim dasturlar, gumanitar almashinuv loyihalari amalga oshirilmoqda.

Afg‘onistondagi vaziyat rivojlanishi yuzasidan fikr almashildi. Mintaqaviy xavfsizlik masalalari bo‘yicha faol muloqotlarni davom ettirishga kelishib olindi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo