O‘zbekiston va Tojikiston yetakchilari mintaqadagi vaziyatni muhokama qildilar
23.08.2021
23-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.
Davlat rahbarlari O‘zbekiston-Tojikiston strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlari kun tartibidagi dolzarb masalalarni ko‘rib chiqdilar.
Qo‘shni Afg‘onistondagi vaziyatning rivojlanishi nuqtai nazaridan mintaqaviy hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
O‘zbekiston va Tojikiston Prezidentlari mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashning amaliy jihatlari yuzasidan faol idoralararo aloqalarni davom ettirish muhim ekanini ta’kidladilar.