2017-yil 6-may shanba dam olish kunini 2017-yil 8-may dushanba kuniga ko‘chirish to‘g‘risida
02.05.2017
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
9 may – Xotira va qadrlash kunining xalqimiz hayotidagi muhim ijtimoiy-ma’naviy o‘rni va ahamiyatini e’tiborga olib hamda aholining dam olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
2017 yil 6 may shanba dam olish kuni 2017 yil 8 may dushanba kuniga ko‘chirilsin va ish kuni deb hisoblansin;
2017 yil 8 may dushanba kuni dam olish kuni deb e’lon qilinsin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.MIRZIYOYEV
Toshkent shahri, 2017 yil 2 may