icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston Prezidenti Turkmanistonga keldi

05.08.2021

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 5-avgust kuni Turkmanboshi shahriga tashrif buyurdi.

Davlatimiz rahbarini Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisi o‘rinbosari Esenmurat Orazgeldiyev va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Avval xabar berilganidek, ertaga, 6-avgust kuni O‘zbekiston Prezidenti “Avaza” milliy sayyohlik zonasida bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvida ishtirok etadi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2017-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasining 72-sessiyasida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining muntazam uchrashuvlarini o‘tkazish tashabbusini ilgari surgan edi. U barcha qo‘shni mamlakatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanib, birinchi sammit 2018-yil mart oyida Qozog‘iston poytaxti Nur-Sulton shahrida o‘tkazilgan edi. Ikkinchisi esa 2019-yil noyabrda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tdi.

Navbatdagi sammitda, avvalo, ilgari erishilgan kelishuvlarning natijalari ko‘rib chiqiladi. Mintaqada barqaror va izchil taraqqiyotni ta’minlash, savdoni rivojlantirish, energetika sohasida sheriklik uchun qulay sharoitlar yaratish, transport-kommunikatsiya sohasida hamkorlikni kengaytirish, pandemiyaga qarshi birgalikda kurashish masalalari muhokama qilinadi.

O‘zbekiston Prezidenti o‘z nutqida do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik, o‘zaro ishonch va ko‘mak munosabatlarini yanada mustahkamlashga qaratilgan qator tashabbuslarni ilgari surishi, umumiy manfaatlarga asoslangan mintaqaviy hamkorlikning yangi istiqbolli yo‘nalishlarini bayon etishi kutilmoqda.

Sammit doirasida Markaziy Osiyo yetakchi ayollari muloqoti va Iqtisodiy forum, milliy mahsulotlar ko‘rgazmasi, milliy taomlar festivali hamda san’at ustalari konserti
ham o‘tkaziladi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo