05.07.2021
5-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Xalqaro kun tartibining dolzarb jihatlari yuzasidan ham fikr almashildi.
Davlat rahbarlari mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikning, eng avvalo savdo-iqtisodiy sohadagi sheriklikning bugungi rivojlanish sur’atini mamnuniyat bilan qayd etdilar.
Prezidentlar Afg‘onistonning shimoliy hududlaridagi ahvol yomonlashishi munosabati bilan Markaziy Osiyodagi vaziyatning rivojiga alohida to‘xtalib o‘tdilar. O‘zbekiston va Rossiyaning vakolatli idora va tashkilotlari o‘rtasidagi muntazam muloqotlar va yaqin hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.