icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston va Tojikiston yetakchilari ikki tomonlama va mintaqa kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama qildilar

23.06.2021

23-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Davlat rahbarlari O‘zbekiston-Tojikiston strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish hamda mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishning dolzarb masalalarini muhokama qildilar.

Joriy yilning 10-11-iyun kunlari Tojikistonga amalga oshirilgan oliy darajadagi tashrif yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlar va imzolangan bitimlarni amalga oshirish muhimligi qayd etildi. Savdo, sanoat, energetika, qishloq xo‘jaligi, transport va iqtisodiyotning boshqa sohalarida qo‘shma kooperatsiya loyihalarini va madaniy-gumanitar almashinuv dasturlarini qabul qilingan «yo‘l xarita»lariga muvofiq ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.

Davlat rahbarlari mintaqaviy xavfsizlik masalalari yuzasidan fikr almashdilar hamda Markaziy Osiyoda barqarorlikni ta’minlash va yaxshi qo‘shnichilikni mustahkamlash maqsadida yaqin muloqot va sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirishni davom ettirish zarurligini ta’kidladilar.

Shuningdek, bo‘lajak ko‘p tomonlama, shu jumladan Shanxay hamkorlik tashkiloti va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasidagi tadbirlar jadvali ko‘rib chiqildi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo