11.06.2021
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon hamrohligida “Qayroqqum gilamlari” korxonasini borib ko‘rdi.
Bu fabrika 1957-yilda ishga tushurilgan. 2019-yilda modernizatsiya qilinib, Germaniya, Italiya, Yaponiya, Xitoy va boshqa davlatlardan olib kelingan uskunalar o‘rnatilgan. Korxonada bir yilda 3 million kvadrat metr mahsulot ishlab chiqarilmoqda.
Qayroqqum gilamlari Sharq an’analarini aks ettiruvchi jozibadorligi va naqshlari bilan mashhur. Yuqori sifati tufayli turli xalqaro mukofotlarga sazovor bo‘lgan.
Prezident korxona mahsulotlarini ko‘zdan kechirdi.
Navbatdagi ob’ekt tomon yo‘l olar ekan, davlat rahbarlarining korteji Qayroqqum suv ombori yonida to‘xtadi. Prezidentlar suv omborini ko‘zdan kechirib, suhbatlashdi.