icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston Prezidenti “Rossiyskiye jeleznie dorogi” kompaniyasi bosh direktorini qabul qildi

19.05.2021

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-may kuni “Rossiyskiye jeleznie dorogi” kompaniyasi (“RJD” OAJ) bosh direktori – boshqaruvi raisi Oleg Belozyorovni qabul qildi.

Temir yo‘l aloqalari sohasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikning yangi yo‘nalishlari hamda butun mintaqaning tranzit salohiyatini samarali ishga solishga qaratilgan muhim infratuzilmaviy loyihalarni ilgari surish yo‘llari ko‘rib chiqildi.

Davlatimiz rahbari mamlakatlarimiz temir yo‘l ma’muriyatlari o‘rtasida, shu jumladan xalqaro tarmoq tuzilmalari doirasida an’anaviy yaqin va sermahsul ishbilarmonlik aloqalari qaror topganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Pandemiya sharoitida, keng rivojlangan va o‘zaro integratsiyalashgan transport kommunikatsiyalari, eng avvalo temir yo‘llar koronavirus oqibatlariga muvaffaqiyatli qarshi kurashish hamda O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikning jadal sur’atini saqlab qolishga xizmat qilgani ta’kidlandi.

Amaliy sheriklikni kengaytirish, jumladan, mamlakatimizda temir yo‘llar tizimini takomillashtirish bo‘yicha hamkorlik qilish, yuk tashishlar hajmini ko‘paytirish uchun qulay sharoitlarni shakllantirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini tashish mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish, yo‘lovchi poyezdlarining qatnovini qayta tiklash va yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Xalqaro moliyaviy institutlarni jalb qilgan holda “Mozori Sharif – Kobul – Peshovar” temir yo‘lini qurish loyihasini birgalikda ilgari surish masalasi ham ko‘rib chiqildi.

Loyihani har tomonlama tayyorlash, shu jumladan texnik hujjatlarni ishlab chiqish va qurilishni tez fursatda boshlashga qaratilgan ishlarda ishtirok etish yuzasidan kelishuvga erishildi.

“RJD” rahbari Oleg Belozyorov tarmoq kompaniyalari temir yo‘llar sohasidagi sheriklikning ustuvor vazifalarni amalga oshirishda keng ko‘lamda hamkorlik qilishga tayyor ekanini ta’kidladi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo