icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi Prezidentlarining telefon orqali muloqoti to‘g‘risida

24.04.2017

O‘zaro kelishuvga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev o‘rtasida 24-aprel kuni telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi. 

Davlat rahbarlari siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, ilmiy-texnik, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlik faollashganini mamnuniyat bilan qayd etdilar. 

2017-yilning 22-23-mart kunlari Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi samarali muzokaralar O‘zbekiston – Qozog‘iston o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini amaliy mazmun bilan boyitdi va o‘zaro hamkorlikning yangi istiqbollarini belgilab berdi. 

Tomonlar yaqin yillarda qulay sharoitlar yaratish, biznes subyektlari o‘rtasida bevosita va uzoq muddatli sheriklik aloqalarini o‘rnatishga ko‘maklashish, transport-kommunikatsiya va tranzit salohiyatini oshirish hisobidan o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 5 milliard dollarga yetkazish haqidagi mo‘ljalni tasdiqladilar. Hududlararo, avvalambor, chegaraoldi hududlar o‘rtasida aloqalarni yanada kengaytirish, madaniy-gumanitar munosabatlarni faollashtirish qo‘llab-quvvatlandi. 

Ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiya o‘zaro hamkorlikning barcha yo‘nalishlarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi. 

Davlat rahbarlari O‘zbekiston va Qozog‘iston qardosh xalqlarimizning vaqt sinovidan o‘tgan o‘zaro munosabatlariga amal qilgan holda, bundan buyon ham mamlakatlarimiz barqaror iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlashga qaratilgan qo‘shma dastur va loyihalarni amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlashini qayd etdilar. 

Tomonlar mintaqaviy va xalqaro siyosatga oid ayrim masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar. 

Suhbat O‘zbekiston – Qozog‘iston munosabatlariga xos samimiy va do‘stona, o‘zaro anglashuv va hurmat ruhida o‘tdi. 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo