icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Prezident zamonaviy klinikani borib ko‘rdi

16.04.2021

Prezident Shavkat Mirziyoev Samarqand shahrida ochilgan ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi faoliyati bilan tanishdi.

“Zarmed pratiksha hospital group” nomli ushbu qo‘shma korxona O‘zbekiston va Hindiston hamkorligida tashkil etilgan. Uning ta'sischilaridan biri Nishant Bajajning aytishicha, Prezident Shavkat Mirziyoevning Hindistonga tashrifi, ishbilarmon doiralar o‘rtasida o‘tkazilgan uchrashuvlar hamkorlikka ishonch tug‘dirgan.

Qo‘shma korxonaning dastlabki loyihasi bo‘lgan mazkur tibbiyot markazi uchun 8,5 million AQSh dollari sarflangan.

Ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 5 ta jarrohlik amaliyoti xonasi, 100 o‘rinli stasionar mavjud. Intervension kardiojarrohlik, neyrojarrohlik, endoskopik jarrohlik, ortopediya va travmatologiya, urologiya va ginekologiya, otolaringologiya faoliyat turlari uchun zamonaviy diagnostika uskunalari o‘rnatilgan. Bir vaqtning o‘zida 600 kishiga xizmat ko‘rsatish quvvatiga ega. Tibbiy xizmatlar xalqaro standartlar asosida kompleks tarzda ko‘rsatiladi. Markazda 140 ta yangi ish o‘rni yaratilgan.

– Mamlakatimizda xususiy tibbiyotga sharoit yaratilgani natijasida mana shunday zamonaviy klinikalar ko‘paymoqda. Endigi vazifa bemorlarga sifatli xizmat ko‘rsatib, odamlarning ishonchini qozonish. Davolanish uchun chet elga ketmoqchi bo‘lganlarni ham jalb etish kerak, – dedi Shavkat Mirziyoev.

Mutasaddilarga Samarqandda xususiy tibbiyot universiteti va klinikadan iborat tibbiyot klasterini tashkil etish, xorijda ishlab yurgan samarqandlik shifokorlarni ishga taklif etish uchun viloyat hokimligida jamg‘arma tuzib, ularni uy-joy bilan ta'minlash bo‘yicha topshiriqlar berildi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo
image