icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Prezident Samarqand xalqaro aeroportidagi qurilish ishlarini ko‘zdan kechirdi

15.04.2021

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-aprel kuni Samarqand shahriga keldi.

Ulkan bunyodkorlik ishlari bilan tanishuv Samarqand xalqaro aeroportidan boshlandi. Davlatimiz rahbari 2019 yili viloyatga tashrifi chog‘ida ushbu “havo bandargohi”ni modernizatsiya qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan edi.

Loyiha doirasida yangi terminal, uchish-qo‘nish yo‘lagi, turargoh va boshqa ob’ektlar barpo etilishi belgilangan. Bugungi kunda uzunligi 3105 va eni 60 metr bo‘lgan uchish-qo‘nish yo‘lagi qurilishi tugallanib, yoritish-signal chiroqlari va aeronavigatsiya uskunalari o‘rnatilmoqda.

Prezident dastlab xalqaro aviatsiya standartlari asosida qurilgan uchish-qo‘nish yo‘lagini ko‘zdan kechirdi.  

Yangi terminal zamonaviy dizaynga, bir soatda 800 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish quvvatiga ega bo‘ladi. Ilgari bu ko‘rsatkich 400 nafar edi.

– Odamlarga qulaylik yaratish asosiy maqsad bo‘lishi kerak. Buning uchun “aqlli texnologiyalar”ni qo‘llash, xizmatlarni arzon, sifatli, tezkor qilish zarur, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Turli kattalikdagi samolyotlar uchun 24 ta turargoh barpo etilmoqda. Shundan uchtasi “havo kemalari”ga muzlashga qarshi ishlov berish uchun mo‘ljallangan bo‘ladi.

Aeroportda kargo xizmati ham yo‘lga qo‘yiladi. Davlatimiz rahbari bu masalaga alohida to‘xtalib, yuk tashish raqobatbordoshligini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

– Kargo barqaror va manfaatli bo‘lishi uchun doimiy yuk kerak. Buning uchun samolyotlarga xizmat ko‘rsatish, yuklarni ortish va yetkazib berishni arzon va tez yo‘lga qo‘yib, boshqa aviakompaniyalarni jalb etish zarur. Bundan tashqari, viloyatda eksportbop meva-sabzavotlarni ko‘paytirib, ularni shu kargo orqali jahon bozoriga chiqarish mumkin, – dedi Prezident.   

Yangi aeroportni joriy yil sentyabrda foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. Shundan so‘ng, u “ochiq osmon” rejimida to‘liq ishlay boshlaydi. 1000 kishi ish bilan ta’minlanadi.

Samarqand xalqaro aeroporti 1967-yilda qurilgan.
 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo