icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Shavkat Mirziyoyev: Toshkent viloyatiga juda katta marra qo‘yganmiz

19.03.2021

Nurafshon shahrida xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda.

Davlatimiz rahbari so‘zining avvalida yig‘ilganlarni yaqinlashib kelayotgan Navro‘z bayrami bilan tabrikladi. Toshkent viloyati mamlakatimiz taraqqiyotida yetakchi o‘rin tutishini ta’kidladi.

- Toshkent viloyatida sanoat, qishloq xo‘jaligi, savdo, xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ulkan salohiyat bor. Shuning uchun viloyatga juda katta marra qo‘yganmiz. Lekin, shunga yarasha natija sezilmayapti, o‘rta bo‘g‘in rahbarlari «aravani tortolmayapti». Endi bizga faqat paxta, g‘alla deb yuraveradigan hokimlar kerak emas. Paxta bilan g‘allani manfaat qilishi kerak. Hokim esa hozirgi zamonga munosib, ustuvor yo‘nalishlarni yaxshi biladigan va joy-joyiga qo‘yadigan, viloyatdagi 2 million 994 ming aholini rozi qiladigan bo‘lishi zarur, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Davlatimiz rahbari Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajarib kelayotgan Davron Xidoyatov nomzodini viloyat hokimi lavozimiga tavsiya etdi.

D.Xidoyatov 1976-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1996-2009-yillarda bank tizimida, 2014-yilgacha avtosanoat tarmog‘ida faoliyat yuritgan. 2014-2020-yillarda Xususiylashtirish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi, Chilonzor tumani hokimi, Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

Xalq deputatlari, viloyat faollari so‘zga chiqib, nomzod haqida fikrlarini bildirdi. Ovozga qo‘yish natijalariga ko‘ra, Davron Xidoyatov Toshkent viloyatining hokimi etib tasdiqlandi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo