icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston va Qirg‘iziston Prezidentlari strategik sheriklikning dolzarb masalalari bo‘yicha “soatlarini solishtirib oldi”

11.03.2021

Ko‘ksaroyda O‘zbekiston va Qirg‘iziston Prezidentlarining tor doiradagi muzokarasi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv avvalida Prezident Shavkat Mirziyoyev Sadir Japarovni Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti etib saylangani bilan yana bir bor tabriklab, qirg‘iz xalqining farovonligi yo‘lida olib borayotgan sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Ochiq va do‘stona ruhda o‘tgan uchrashuvda davlat rahbarlari O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston o‘rtasidagi munosabatlarning bugungi holatini yuqori baholadi. Siyosiy, savdo-iqtisodiy va transport sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirishning keng ko‘lamli masalalarini muhokama qildi.   

Prezidentlar ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini teng huquqlilik va o‘zaro manfaatdorlik asosida mustahkamlab borish, avval qabul qilingan hujjatlarni amalga oshirish yo‘lida qat’iy ekanini tasdiqladi. Barcha sohalardagi hamkorlikni izchil kengaytirish uchun oliy va yuqori darajadagi siyosiy muloqotni muntazam davom ettirishga kelishib olindi.

2017-yil 5-sentabrda imzolangan O‘zbekiston – Qirg‘iziston davlat chegarasi to‘g‘risida shartnomaning tarixiy ahamiyati qayd etilib, mazkur chegaraning qolgan qismlarini ham delimitatsiya qilish maqsadida Hukumatlararo komissiyaga muzokaralarni faollashtirish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

Muloqotda mintaqaviy va xalqaro ahamiyatiga molik masalalar yuzasidan ham fikr almashildi. Ko‘plab masalalar bo‘yicha tomonlarning pozitsiyasi bir xil ekani namoyon bo‘ldi.

Qirg‘iziston Prezidenti O‘zbekistonning mintaqada hamkorlik va integratsiyani mustahkamlashga qaratilgan sa’y-harakatlarini, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari maslahat uchrashuvlarini o‘tkazish to‘g‘risidagi tashabbusini qo‘llab-quvatlashini bildirdi. Tomonlar ushbu formatdagi uchinchi uchrashuvni 2021-yilda o‘tkazish muhimligini qayd etdilar.

Markaziy Osiyoga tegishli barcha masalalar mintaqa davlatlarining o‘zi tomonidan, o‘zaro foyda va manfaatlarni hurmat qilish tamoyili asosida hal etilishi muhimligi ta’kidlandi.

Xalqaro maydonda, jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti, Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasidagi aloqalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha ham yakdil fikr bildirildi.

Sadir Japarov Qirg‘iziston delegatsiyasiga ko‘rsatilayotgan iliq mehmondo‘stlik va samimiy qabul uchun Shavkat Mirziyoyevga minnatdorchilik bildirib, davlatimiz rahbarini Qirg‘iz Respublikasiga tashrif buyurishga taklif qildi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo