icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Qirg‘iziston Prezidenti tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi

09.03.2021

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning taklifiga binoan Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov joriy yilning 11-12-mart kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatimizda bo‘ladi.

Bo‘lajak oliy darajadagi muzokaralarda O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalarining barcha yo‘nalishlarini ko‘rib chiqish rejalashtirilgan.

Ikki mamlakat yetakchilari uchrashuvining kun tartibidan konstruktiv siyosiy muloqotni davom ettirish, savdo, sanoat, transport, energetika, qishloq va suv xo‘jaligi sohalarida ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish, parlamentlararo va hududlararo aloqalarni faollashtirish, madaniyat, sog‘liqni saqlash, ta'lim va turizm borasidagi qo‘shma dasturlarni amalga oshirishning dolzarb jihatlari o‘rin olgan.

Xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashiladi.

Muzokaralar yakunida davlat rahbarlarining Qo‘shma bayonoti qabul qilinishi, shuningdek, ikki tomonlama munosabatlarning turli yo‘nalishlariga aloqador qator hukumatlararo va idoralararo hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan.

Tashrif dasturiga muvofiq Qirg‘iziston Prezidenti O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining ikkala palatasi rahbarlari va Bosh vaziri bilan ham uchrashuvlar o‘tkazadi, mamlakatimiz sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishadi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo