icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Shavkat Mirziyoyev: Bu korxona - tarixiy an’analarning sanoat darajasida qayta tiklanishi

04.02.2021

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2019-yil 6-mayda Farg‘ona viloyatida bo‘lganida toshdan qog‘oz ishlab chiqarish loyihasi taqdimot qilingan edi. Bugungi kunda ushbu loyiha Farg‘ona shahrida «Fergana stone paper» korxonasi bo‘lib amalga oshdi.

Xitoydan noyob texnologiya olib kelinib, yiliga 9 ming tonna qog‘oz tayyorlash quvvati tashkil etildi. Prezident tashrifi arafasida ushbu korxona sinov rejimida ishga tushirildi.

Toshdan yasalgan qog‘oz bir qancha afzalliklarga ega. Birinchidan, sellyuloza qog‘oz tayyorlash uchun juda ko‘p suv sarflanadi, zaharli moddalar borligi tufayli bu suv yaroqsiz bo‘lib qoladi. Toshdan qog‘oz ishlab chiqarishda esa suv ishlatilmaydi.

Ikkinchidan, mustahkamligi, chidamliligi oddiy qog‘ozga nisbatan yuqori. O‘zidan suv o‘tkazmaydi, dog‘ yuqmaydi. Shu bois toshdan olingan qog‘oz matbaachilikda, qadoq va gulqog‘oz ishlab chiqarishda juda qulay. Tashqi bozorda xaridorgir.

Korxonada 60 kishi ish bilan ta’minlandi. Davlatimiz rahbari ish jarayonini, qog‘oz sifatini ko‘rdi.

- Qog‘oz tayyorlash qadimiy hunarmandlik yo‘nalishlarimizdan biri. O‘z davrida Samarqand qog‘ozi dunyoga mashhur bo‘lgan. Bu korxona - tarixiy an’analarning sanoat darajasida qayta tiklanishi, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezidentimiz Farg‘ona viloyatida ishlab chiqarilayotgan import o‘rnini bosuvchi sanoat mahsulotlarini ham ko‘zdan kechirdi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo