icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Prezident pedagog va shifokorlar bilan dildan suhbatlashdi

12.11.2020

Davlatimiz rahbari Qarshi shahrida qashqadaryolik o‘qituvchi va murabbiylar, tibbiyot xodimlari bilan suhbatlashdi.

Ma’lumki, 30-oktabr kuni ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, 6-noyabrda esa sog‘liqni saqlashning birlamchi bo‘g‘inini tubdan o‘zgartirish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishlari o‘tkazilgan edi. Bu ikki soha bo‘yicha Prezidentning alohida farmon va qarori ham qabul qilindi.

Bugungi uchrashuvda ta’lim va tibbiyot sohalaridagi islohotlarning ahamiyati, joylarda amalga oshirish choralari haqida so‘z bordi.

- Bu ikki sohani rivojlantirmasdan turib raqobatbardosh mamlakat bo‘la olmaymiz. Kelajakni sog‘lom millat, bilimli avlod quradi, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Qayd etish joizki, Qashqadaryoda maktablar ahvoli ham, tibbiy xizmat sifati ham qoniqarsiz. Muammolar juda ko‘p. Ota-onalar ta’lim tizimidan norozi. Aksariyat aholining turmush tarzi, ovqatlanish ratsioni to‘g‘ri emas. Shu bois bu sohalarda boshlangan islohotlar  viloyat uchun o‘ta muhim va zarur.

Shavkat Mirziyoyev bu boradagi yangi ish tizimidan maqsadi, pedagog va shifokorlardan kutayotganlari haqida ko‘nglidagi gaplarni aytdi. Maktab direktorlari, o‘qituvchilar,  tibbiyot xodimlarining fikr-mulohazalarini eshitib, takliflarini qo‘llab-quvvatladi.

- Ta’limdagi ishlar ham, tibbiyotdagi ham igna bilan quduq qazishdek gap, natijasi tez ko‘rinmaydi. Buning uchun mashaqqatli mehnat, katta fidoyilik kerak. Boshlangan islohotlarning amalga oshishi, xalqimizning rozi bo‘lishi shunga bog‘liq. Bu yo‘lda sizlarga ishonaman, suyanaman, - dedi Prezident.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo