
29.10.2020

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiyaning milliy bayrami – Respublika e’lon qilingan kun munosabati bilan Prezident Rejep Tayyip Erdog‘anga tabrik yo‘lladi.
Maktubda so‘nggi yillarda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, infratuzilma va moliyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa ustuvor sohalardagi ko‘p qirrali aloqalar jadal rivojlanib, tom ma’noda strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgani mamnuniyat bilan qayd etilgan.
Davlatimiz rahbari Turkiya yetakchisi va oila a’zolariga sihat-salomatlik, baxt-saodat, Rejep Tayyip Erdog‘anning serqirra va mas’uliyatli faoliyatiga yangi zafarlar va tuganmas kuch-g‘ayrat, qardosh turk xalqiga esa tinchlik-omonlik va bardavom taraqqiyot tilagan.