
Kolumbiya Prezidentiga hamdardlik
06.04.2017
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Kolumbiya Respublikasi Prezidenti Xuan Manuel Santos Kalderonga Putumayo provinsiyasida keng ko‘lamli tabiiy ofatlar oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lishi va vayronagarchilik munosabati bilan samimiy hamdardlik bildirdi.
Davlatimiz rahbari o‘z maktubida butun Kolumbiya xalqiga, shuningdek, halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamda jarohatlanganlarga hamdardlik va dalda so‘zlarini yetkazishni so‘radi.