icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Akademik Sattor Tursunmuhamedov vafoti munosabati bilan hamdardlik

22.07.2020

Akademik
Sattor Tursunmuhamedov
 

O‘zbekiston ilm-fani og‘ir judolikka uchradi.

Ijtimoiy falsafa va sotsiologiya sohasidagi taniqli olim, O‘zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi Sattor Tursunmuhamedov shu yil 21-iyul kuni 91 yoshida vafot etdi.

S.Tursunmuhamedov 1929-yil 11-yanvarda Qozog‘iston Respublikasining Chimkent viloyatiga qarashli Turkiston shahrida tug‘ildi. 1952-yili O‘rta Osiyo davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti)ni tugatib, ushbu universitet aspiranturasida tahsil oldi. Dastlab nomzodlik, keyinchalik doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. Ilm-fan sohasidagi ko‘p yillik xizmatlari uchun 2000-yilda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi etib saylandi.

O‘z mehnat faoliyatini 1955-yili Toshkent moliya-iqtisod institutida katta o‘qituvchi sifatida boshlagan iste’dodli olim qariyb 65 yillik ilmiy-pedagogik faoliyati davomida Toshkent xalq xo‘jaligi instituti (hozirgi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti) dotsenti, professori, kafedra mudiri, Respublika ijtimoiy fanlar o‘qituvchilari malakasini oshirish instituti direktori, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti (hozirgi Toshkent davlat pedagogika universiteti) rektori, Respublika yuqori malakali pedagoglar tayyorlash instituti direktori, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti kafedra mudiri kabi lavozimlarda samarali mehnat qilib, mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim sohalarini rivojlantirish, yuqori malakali ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlashga munosib hissa qo‘shdi.

Zahmatkash olimning ijtimoiy falsafa va sotsiologiya sohasining nazariy va amaliy masalalariga bag‘ishlangan maqola va tadqiqotlari, monografiya va risolalari yurtimiz olimlari va mutaxassislariga yaxshi ma’lum.

Jonkuyar ustoz sifatida ko‘plab yoshlarga ta’lim-tarbiya bergan ilm-fan fidoyisining bevosita rahbarligida o‘nlab fan nomzodlari va fan doktorlari tayyorlangan.

Akademik S.Tursunmuhamedovning mamlakatimiz ilm-fanini rivojlantirish borasidagi xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib taqdirlandi. U “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi” faxriy unvoniga sazovor bo‘lgan edi.

Atoqli olim, mehribon ustoz, kamtarin inson Sattor Tursunmuhamedovning xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi.
 



Sh.Mirziyoyev, T.Norboyeva, N.Ismoilov,

A.Aripov, B.Yo‘ldoshev

 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo