O‘zbekiston Prezidenti XXR Raisiga hamdardlik maktubi yo‘lladi
09.07.2020
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoyning janubiy va sharqiy muzofotlarida ro‘y bergan kuchli suv toshqinlari oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani va vayronagarchiliklar yuzaga kelgani munosabati bilan Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinga hamdardlik maktubi yo‘lladi.
Davlatimiz rahbari halok bo‘lganlarning oila a’zolariga chuqur hamdardlik bildirib, jarohat olganlarga salomatlik tiladi.