icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Shavkat Mirziyoyev: To‘g‘ri gapni gapirgan odam – islohotlarga xayrixoh

27.06.2020

Namangan shahrida viloyat va tumanlar hokimlari, soha va tarmoqlar rahbarlari, jamoatchilik vakillari, tadbirkorlar, yoshlar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etyapti.

– Keyingi paytlarda an’anaga aylanganidek, bir-birimiz bilan ochiqcha gaplashib, muammolarni mahallalardan boshlab tumanlar miqyosida o‘rtaga tashlasak, shu asosda bir yilga reja qilib olsak, o‘ylaymanki, ushbu yig‘ilishimizdan ko‘zlangan natijaga erishamiz. Eng katta maqsad-muddaomiz – odamlarni rozi qilish. Shu bois bugun viloyat faollari, har bir tuman mutasaddilari o‘zlarining takliflarini berishi kerak. Kelgusi yilga qanday rejalar qilamiz, qanday imkoniyatlarimiz bor, bugun shularni gaplashamiz, – dedi davlatimiz rahbari.

Prezidentimiz joylarda yutuqlar borligini, o‘zgarishlar bo‘layotganini, lekin bular hali bizning olgan marralarimizga mos emasligini ta’kidladi.

– To‘g‘ri gapni gapirgan odam – islohotlarga xayrixoh. Achchiq gaplardan to‘g‘ri xulosalar chiqarib yo‘limizni topib olishga harakat qilsak, eng katta marramiz shu bo‘ladi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Yig‘ilishda eskicha tushunchada qolib ketgan rahbarlar yo‘q emasligi qayd etildi. Pandemiya sharoitida yuzaga kelgan inqiroz paytida iqtisodiyotni tiklash juda og‘ir masala ekani, bu joylardagi ijro organlari mutasaddilaridan katta mas’uliyat talab qilishi ta’kidlandi. Namangan viloyatini rivojlantirish bo‘yicha eng maqbul yo‘lni topib, iqtisodiyotni yurgizish, ish o‘rinlari yaratib, aholining bandligini ta’minlash eng katta masala bo‘lib qolayotgani aytib o‘tildi.

Uchrashuvda viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, soha va tarmoqlarda yangi loyihalarni amalga oshirish, investitsiyalarni jalb qilish, kambag‘allikni qisqartirish yuzasidan vazifalar belgilandi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo