22.05.2020
Andijon shahrida o‘tayotgan yig‘ilishda viloyatda yangi korxonalar tashkil etish va ish o‘rinlarini ko‘paytirish chora-tadbirlari batafsil muhokama qilindi.
Joriy yilda 789 ta loyiha bo‘yicha 7 trillion so‘m investitsiya o‘zlashtirilib, 42 ming ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan.
To‘qimachilik yo‘nalishida umumiy qiymati 106 million dollar bo‘lgan 13 ta loyiha amalga oshirilib, ip-kalavani qayta ishlash darajasi 78 foizga yetkaziladi, 278 million dollarlik eksport ta’minlanadi.
Qurilish materiallari tarmog‘ida 2020-2021 yillarda 74 loyiha samarasida 106 million dollarlik import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.
Oilaviy tadbirkorlikka 353 milliard so‘m kredit, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan 20 million dollar ajratilishi belgilandi.
Bo‘sh turgan binolardan samarali foydalanish, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, aholini soliqdan ozod qilingan 60 dan ortiq turdagi kasbga o‘qitish bo‘yicha topshiriqlar berildi.