icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi

27.03.2020

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27-mart kuni Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat avvalida davlat rahbarlari qadimdan mintaqamizda keng nishonlanib kelayotgan, do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik, tarix, madaniyat va an’analar mushtarakligini ifoda etuvchi bahor va yangilanish bayrami - Navro‘z munosabati bilan bir-birlarini samimiy qutlab, eng ezgu tilaklarini bildirdilar.

O‘zbekiston va Qirg‘iz Respublikasi rahbarlari koronavirus infeksiyasi tarqalishi bilan bog‘liq joriy epidemiologik vaziyatni muhokama qildilar.

Ushbu pandemiyaga qarshi samarali kurashish, shuningdek, uning oqibatlari ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalarga salbiy ta’sir ko‘rsatishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida harakatlarni yaqindan muvofiqlashtirish va o‘zaro ko‘makni davom ettirish muhimligi qayd etildi.

Prezidentlar, shuningdek, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada kengaytirishga doir hamda xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalarni ko‘rib chiqdilar.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo