icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Shavkat Mirziyoyev Afg‘oniston Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi

26.03.2020

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-mart kuni Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat avvalida ikki davlat rahbarlari bahoriy Navro‘z ayyomi munosabati bilan bir-birlarini samimiy qutlab, eng ezgu tilaklarini bildirdilar.

Ushbu farovonlik va yangilanish bayrami do‘st xalqlarimizning madaniy-ma’naviy merosi mushtarakligi, tinchlik va ravnaq yo‘lidagi orzu-umidlari ramzi bo‘lib kelayotgani alohida ta’kidlandi.

Davlatimiz rahbari, shuningdek, Ashraf G‘anini Afg‘oniston Prezidenti etib saylangani bilan tabrikladi hamda unga mamlakatda barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta’minlash borasidagi ustuvor vazifalarga erishishda katta muvaffaqiyatlar tiladi.

Ashraf G‘ani, o‘z navbatida, tabrik uchun, shuningdek, Afg‘onistonda tinchlikka erishish va mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy tiklash yuzasidan ko‘rsatayotgan ko‘magi va faol sa’y-harakatlari uchun O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyevga samimiy minnatdorlik bildirdi.

Afg‘oniston Prezidenti O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan ikki yil avval o‘tkazilgan Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent xalqaro konferensiyasi muhim voqea - afg‘on muammosini tinch yo‘l bilan hal etish bo‘yicha siyosiy jarayonni boshlash, manfaatdor tomonlar muloqotining o‘zaro maqbul shakl va mexanizmlarini izlashda "boshlang‘ich nuqta" bo‘lgani qayd etildi.

Muloqot chog‘ida mintaqada yangi turdagi koronavirus infeksiyasi tarqalishi bilan bog‘liq joriy vaziyat va ko‘rilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi. 

Prezident Ashraf G‘ani O‘zbekiston koronavirusga qarshi kurashishda ko‘rsatayotgan amaliy ko‘magi uchun alohida minnatdorlik bildirdi. Mamlakatimiz mutaxassislari tomonidan bunyod etilgan va ekspluatatsiya qilinayotgan "Hayraton - Mozori Sharif" temir yo‘li, shuningdek, elektr energiyasi, oziq-ovqat va sanoat mahsulotlari yetkazib berilayotgani hamda savdo va gumanitar yuklarning yurtimiz hududi bo‘ylab tranziti hech qanday to‘siqlarsiz amalga oshirilayotgani va ko‘rsatilayotgan boshqa yordam ushbu pandemiyaga qarshi kurashishda muhim omil bo‘layotgani ta’kidlandi.

Davlat rahbarlari harakatlarni yaqindan muvofiqlashtirishni davom ettirish hamda ikki mamlakatdagi sanitar-epidemiologik holatni nazorat qilish borasida qat’iy choralar ko‘rish muhimligini qayd etdilar.

Prezidentlar ikki tomonlama, avvalo savdo-iqtisodiy, energetika va transport-kommunikatsiya sohalaridagi hamkorlikning dolzarb masalalarini ham ko‘rib chiqdilar, shuningdek, xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashdilar.

Afg‘onistonning barqaror taraqqiyotini ta’minlash va xalq farovonligini oshirishga qaratilgan qo‘shma infratuzilma loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish borasidagi sa’y-harakatlarni faollashtirishga kelishib olindi.
 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo