Prezident Turkiyaga jo‘nab ketdi
19.02.2020
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning taklifiga binoan 19-fevral kuni Anqaraga jo‘nab ketdi.
Davlat rahbarlari ikki tomonlama Strategik hamkorlik kengashining birinchi yig‘ilishi tadbirlarini o‘tkazadilar.
Prezidentimiz Turkiya biznesining yetakchi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazishi, Turkiya Respublikasi Prezidenti Xalq kutubxonasining tantanali ochilish marosimida qatnashishi rejalashtirilgan.