icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga navbatdagi Murojaatnomani taqdim etadi

22.01.2020

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-yanvar kuni soat 11:00 da Oliy Majlisning Senati va Qonunchilik palatasiga navbatdagi Murojaatnomani taqdim etadi.

Maʼlumki, 2019-yil 22-dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari mahalliy Kengashlar deputatligiga saylov boʻlib oʻtdi. Bu muhim siyosiy tadbir mamlakatimiz tarixida ilk bor qabul qilingan Saylov kodeksi asosida, “Yangi Oʻzbekiston – yangi saylovlar” shiori ostida oʻtdi.

Saylov natijalariga koʻra, Markaziy saylov komissiyasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 150 nafar deputati va Senatining 97 nafar aʼzosini roʻyxatga oldi, jumladan, Prezidentning 2020-yil 17-yanvardagi farmoni bilan Senat aʼzolarining 13 nafari tayinlandi. Shu tariqa, mamlakatimiz qonun chiqaruvchi hokimiyatining yangi tarkibi shakllandi.

Davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga navbatdagi Murojaatnomasi ana shu yangi parlamentga taqdim etiladi.

Ushbu nufuzli anjuman Xalqaro kongress markazida boʻlib oʻtadi. Unda Oliy Majlis Senati aʼzolari va Qonunchilik palatasi deputatlari, videokonferensiya aloqa tizimi orqali tuman, shahar va viloyatlardagi mahalliy Kengashlarga saylangan xalq noiblari, shuningdek, ijro hokimiyati va xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlari, nodavlat tashkilotlar va jamoatchilik vakillari ishtirok etadi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo