O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O'zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • Telegram
  • Facebook
  • Instagram
  • Twitter
  • Youtube

Sayt bo‘yicha qidiruv

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • Ko‘rinish

    A
    A
    A

    Shrift o‘lchami

    0% ga kattalashtirish
Shavkat Mirziyoyev: Endi kechagi natija bilan xalqimizni rozi qila olmaymiz

21.01.2020

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis palatalarining qoʻshma majlisida odamlarning yaxshi yashashga boʻlgan talablari ortib borayotganiga eʼtibor qaratdi.

- Endi kechagi natija bilan xalqimizni rozi qila olmaymiz. Bugungi kun talabi har kuni izlanish, yangilik yaratishdir. Shundagina xalqimiz hayoti yaxshi tomonga oʻzgaradi, - dedi davlat rahbari.

Avvalo, qonun, farmon va qarorlar ijrosini toʻgʻri tashkil etib, amalga oshirilayotgan islohotlarni har bir tuman va qishloqqacha yetib borishini taʼminlash zarurligi taʼkidlandi.

- Biz qancha mukammal qonun, farmon va qarorlar qabul qilmaylik, agar ular joylarda yetarlicha amalga oshirilmasa, shuncha mehnat va saʼy-harakatimiz natijasi sezilmay qolaveradi, - dedi Shavkat Mirziyoyev. - Shuning uchun vazirlik va idoralar hamda hokimliklar ishini oqilona va samarali yoʻlga qoʻyish hukumatning bosh vazifasi boʻlishi lozim. Endi har bir topshiriqning ijro etilgani qogʻozga qarab emas, erishilgan pirovard natijaga qarab baholanadi.

Har bir ijro organi oʻzi masʼul boʻlgan sohani oʻrta va uzoq istiqbolda rivojlantirish boʻyicha aniq reja va dasturlarga ega boʻlishi zarurligi koʻrsatib oʻtildi.

- Endi ish faoliyatini faqat ishxonasida oʻtkazgan va qogʻozbozlikka berilib, amaliy natijani keyingi oʻringa tushirib qoʻygan rahbarlar bilan xayrlashamiz. Markazda oʻtiravergan vazirlar xalqqa nima kerakligini qayerdan biladi? Tarmoq va hududlar rahbarlari ish uslubini oʻzgartirib, masʼuliyat va javobgarlikni oʻz zimmasiga olishni oʻrganishi, oʻz aravasini oʻzi tortishi kerak. Oʻz vaqtida hal qilinmagan muammolar joylardagi aholi kayfiyati va turmush sharoitiga katta taʼsir koʻrsatishini bir soniya boʻlsa ham unutmasligimiz zarur, - dedi Prezident.

Davlat organlari faoliyati hamda amalga oshirilayotgan islohotlar ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishi ustuvor vazifaga aylanishi kerakligi belgilandi.

Qonun chiqaruvchi va ijro hokimiyati oʻrtasidagi oʻzaro samarali hamkorlikni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish, ijroiya organlari rahbarlarining Oliy Majlis palatalari oldidagi hisobdorligini yanada oshirish zarurligi taʼkidlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2023 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Infografika
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya
Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan: