icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston va Turkiya Prezidentlari telefon orqali muloqot qildilar

30.12.2019

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 31-dekabr kuni Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bilan telefon orqali muloqot qildi.

Davlat rahbarlari kirib kelayotgan Yangi yil bilan bir-birlarini samimiy qutladilar.

2019-yil mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashda muhim bo‘lgani mamnuniyat bilan ta’kidlandi. O‘zbekistonning Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashiga to‘la huquqli a’zo sifatida kirganining tarixiy ahamiyati qayd etildi.

Turli darajadagi aloqalar sezilarli faollashdi, o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik izchil rivojlanmoqda, istiqbolli qo‘shma loyihalar amalga oshirilyapti, ilmiy-texnik va madaniy-gumanitar almashinuvlar kengaymoqda.

Suhbat chog‘ida Prezidentlar bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlar siyosat, iqtisodiyot, transport kommunikatsiyalari, turizm, ta’lim, sog‘liqni saqlash va boshqa yo‘nalishlardagi o‘zaro manfaatli sheriklikni yanada mustahkamlash uchun muhim bo‘lishini qayd etdilar.

Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashildi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo