![icon](/img/menu.png)
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Prezidentiga ta’ziya bildirdi
27.12.2019
![](/uploads/b3eac859-74e9-3286-b14a-e670333364d3.jpg)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Olmaota shahrida ro‘y bergan aviahalokat oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Toqayevga ta’ziya maktubi yo‘lladi. Davlatimiz rahbari halok bo‘lganlarning oila a’zolariga chuqur hamdardlik bildirib, jarohat olganlarning barchasi tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi.