icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Prezident lokalizatsiyani kengaytirish bo‘yicha tavsiyalar berdi

20.11.2019

Prezident Shavkat Mirziyoyev 20-noyabr kuni “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar majmuasida o‘tayotgan O‘zbekiston sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasi bilan tanishdi. 

Davlatimiz rahbarining 2019-yil 1-maydagi “Sanoat kooperatsiyasini yanada rivojlantirish va talab yuqori bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq tashkil etilgan mazkur tadbir 18-noyabr kuni boshlangan edi. Unda mingga yaqin korxonalar, kompaniya va firmalar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari 10 mingdan ortiq turdagi mahsulotlari bilan qatnashmoqda.  

Ishtirokchilar sanoat korxonalarining esportbop va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlari, ularning sifat va texnik ko‘rsatkichlari, ulgurji va chakana narxlari, korxonalarning mavjud quvvatlari kabi ma’lumotlar bilan tanishmoqda. Bu mahalliy va xorijiy bozorlarda talab yuqori bo‘lgan mahsulotlarni o‘rganish, ularni ishlab chiqarish va sotib olish bo‘yicha hamkorlar topish, kichik biznes sub’ektlarini sanoat faoliyatiga keng jalb etishda muhim omil bo‘lmoqda. 

Prezidentimiz yarmarkada namoyish etilayotgan mahsulotlar bilan tanishdi. Ularning xaridorgirligi, lokalizatsiya darajasi bilan qiziqdi. Mahalliylashtirishni kengaytirish, import bo‘layotgan detallar ishlab chiqarilishini o‘zlashtirish, sifatni ta’minlash orqali xaridor orttirish zarurligini ta’kidladi.

- Ishlab chiqaruvchi qachon rivojlanadi? Mahsulotining egasi bo‘lsa. Bu yarmarkaga kelgan har bir korxona va tadbirkor natijaga erishishi, oddiy gaykadan tortib katta mashinalargacha xaridorini topishi kerak. Uni ishtirokchilar rozi bo‘lguncha davom ettirish lozim, - dedi davlatimiz rahbari.

Shavkat Mirziyoyevga Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzurida tashkil etilgan elektron kooperatsiya birjasi – www.cooperation.uz portali haqida ham ma’lumot berildi. 

Mazkur portal orqali ishlab chiqaruvchilar o‘z mahsulotlariga xaridor topishi, ularni yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar tuzishi mumkin. Portal statistika, bojxona, soliq, sertifikatlashtirish idoralari ma’lumotlar bazasiga ulangan. 

Sanoat korxonalari va buyurtmachilar o‘rtasidagi shartnomalar «onlayn» tarzda rasmiylashtirilmoqda. Xalqaro savdo markazida tarmoqlar, hududlar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining ishlab chiqarish salohiyati, kooperatsiyaga talab va ehtiyoji bo‘yicha taqdimotlari o‘tkazilmoqda.

 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo