16.11.2019
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16-noyabr kuni Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov bilan telefon orqali muloqot qildi.
Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Sooronbay Jeenbekovni tug‘ilgan kuni bilan samimiy muborakbod etib, unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va muvaffaqiyat tiladi.
Qirg‘iziston Prezidenti mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga qo‘shgan shaxsiy hissasi katta mamnuniyat bilan qayd etildi.
Davlat rahbarlari O‘zbekiston-Qirg‘iziston amaliy hamkorligini yanada kengaytirishning dolzarb jihatlarini muhokama qildilar, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashdilar.
Shuningdek, bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlar rejasi ko‘rib chiqildi.