icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston va Tojikiston Prezidentlari telefon orqali muloqot qildi

05.10.2019

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-oktabr kuni Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi. 

Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Prezident Emomali Rahmonni tug‘ilgan kuni bilan samimiy muborakbod etib, unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va muvaffaqiyat tiladi.

Tojikiston rahbari mamlakatning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlash, xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash va aholi farovonligini oshirishga qo‘shgan ulkan shaxsiy hissasi alohida qayd etildi.

Siyosiy iroda va qabul qilingan amaliy qadamlar tufayli O‘zbekiston-Tojikiston ko‘p qirrali munosabatlari misli ko‘rilmagan yuksak darajaga - strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgani ta’kidlandi.

O‘tgan yilgi oliy darajadagi o‘zaro tashriflar natijasida muhim kelishuvlarga erishildi va ikki tomonlama hamkorlikning eng o‘tkir masalalari bo‘yicha o‘zaro maqbul yechimlar topildi.

So‘nggi yillarda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi savdo hajmi ikki barobar ortdi, havo, avtomobil, temir yo‘l transporti qatnovi salmoqli darajada kengaydi. Chegaradosh hududlar o‘rtasida yaqin aloqalar yo‘lga qo‘yildi. Madaniy-gumanitar almashinuv faollashdi.

Davlat rahbarlari hamkorlikning dolzarb jihatlarini muhokama qildilar, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashdilar.

Prezidentlar O‘zbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi o‘rtasida do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va har tomonlama hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash borasida intilishlari qat’iy ekanini ta’kidladilar.
 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo