icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Suv ta’minoti tizimi tubdan isloh qilinadi

05.09.2019

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-sentyabr kuni aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

Mamlakatimiz aholisini, ayniqsa 11 mingdan ziyod qishloqlarni toza ichimlik suvi bilan ta’minlash o‘ta dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. 

Tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tgan ushbu tadbirda davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, oxirgi 2 yilda ichimlik suvi va kanalizatsiya tizimini yaxshilashga 2 trillion 400 milliard so‘m ajratildi. Bu avvalgi 10 yilda ajratilgan jami mablag‘dan 2 baravar ko‘p demakdir. 

Shunga qaramasdan, mamlakatimizda markazlashgan tarmoqlar orqali toza ichimlik suvi bilan ta’minlash darajasi 68 foizni tashkil etmoqda. Bu ko‘rsatkich, jumladan, Qoraqalpog‘istonda 52 foiz, Buxoroda 53, Qashqadaryo va Surxondaryoda 54, Xorazmda 56 foizga yetgan, xolos.

Yig‘ilishda qayd etilishicha, Toshkent shahrida suv ta’minoti korxonalari rentabelligi 7 foiz, Andijon va Qashqadaryoda 6, Navoiyda 3 foizni tashkil etadi. 

27 ming kilometr yoki 38 foiz suv tarmoqlari avariya holatida bo‘lsa, 2 mingta yoki 20 foiz suv nasoslari ishdan chiqqan. Yurtimiz shaharlarining faqat 79 tasida (57 foiz) kanalizatsiya tizimi mavjud, uning ham 23 foizi ta’mirga muhtoj. 

Yig‘ilishda, shuningdek, bugungi kunda ichimlik suvi ishlab chiqarish va tarqatish inshootlarining 85 foizida hisobga olish tizimi mavjud emasligi ham tanqid qilindi. 

Jami 3 million 280 ming nafar suv iste’molchidan atigi 44 foiziga, ya’ni 1 million 425 ming xonadonga hisoblagich o‘rnatilgani sohada ishlar sustkashlik bilan amalga oshirilayotganini ko‘rsatmoqda.

Ayniqsa, qishloqlarda ko‘plab egasiz suv inshootlari mavjud (birgina Bo‘ka tumanida, masalan, 60 dan ortiq shunday ob’ektlar bor).

Davlatimiz rahbari bu va bunga o‘xshash muammolarni hal etish uchun sohada olib borilayotgan ishlarni keskin jadallashtirish lozimligini ta’kidladi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, 2030-yilga qadar suv ta’minotini shaharlarda 98, qishloqlarda 85 foizga, kanalizatsiya tizimini 31 foizga yetkazish ko‘zda tutilgan. Buning uchun 4,5 milliard dollar mablag‘ kerak bo‘ladi.

Bunday ulkan maqsadlarga erishish uchun esa hozirdanoq muhim vazifalarni hal etish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

Avvalo, tariflarni erkin bozor talablari asosida belgilash va sohaga xususiy investitsiyalarni jalb qilish kerak. Qolaversa, toza ichimlik suvi ishlab chiqarish va tarqatish inshootlari hamda iste’molchilarni 2022-yil oxiriga qadar 100 foiz hisoblagichlar bilan ta’minlash lozimligi qayd etildi.

Shu maqsadda Moliya vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligiga 2020-yil 1-yanvardan tariflarni xizmatlar tannarxini to‘liq qoplash va modernizatsiya xarajatlarini hisobga olgan holda belgilash vazifasi yuklatildi.

Shuningdek, olis va tog‘li hududlar aholisini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash xarajatlarining bir qismini davlat tomonidan qoplab berish tartibi joriy qilinishi belgilab qo‘yildi.

Bundan tashqari, tajriba tariqasida suv va kanalizatsiya tizimini tadbirkorlarga davlat-xususiy sherikchilik asosida berish choralari ko‘rilishi ta’kidlandi. 

Yig‘ilishda belgilangan vazifalarni bajarish yuzasidan soha rahbarlari axborot berdi.
 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo