icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Tashkent City bosqichma-bosqich bitmoqda

30.08.2019

Ma’lumki, davlatimiz rahbari bu loyihaning sifati va sur’atini doimiy kuzatib bormoqda. Har bir detalga, rangga, qulaylik va qiyofa uyg‘unligiga alohida e’tibor qaratilmoqda. 

Shavkat Mirziyoyev 30-avgust kuni Tashkent City ga yana bir bor kelib, kongress-xoll va besh yulduzli mehmonxona, hududdagi obodonlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirdi. 

Kongress-xoll binosi ikki qavatdan iborat bo‘lib, uning markazida katta va kichik zallarga transformatsiya bo‘ladigan 4 ming o‘rinli xoll mavjud. Bundan tashqari, bir vaqtning o‘zida 8 ta delegatsiyani qabul qilish imkoniyatiga ega qo‘shimcha zallar ham bor.  

21 qavatli besh yulduzli mehmonxonaning qurilish ishlari ham jadal sur’atlarda davom etmoqda. «Hilton» brendi ostida faoliyat yuritadigan bu otelda 258 ta xona bo‘ladi. Bundan tashqari, 3 ta restoran, banketlar zali hamda 6 ta majlislar zali mavjud.  

Bugungi kunda kongress-xoll va mehmonxona qad ko‘tarib bo‘lgan. Ichki pardozlash, elektr tarmoqlari tortish, dekorativ panellarni montaj qilish ishlari yakunlanmoqda. Muhandislik kommunikatsiya tarmoqlarini o‘rnatish va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Bog‘da manzarali daraxtlar ekilgan, musiqali favvora barpo etilgan.

Prezidentimiz majmuada amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlarini yuqori baholab, bu ob’ektlar ishga tushganda xizmat turlarini ko‘paytirishga e’tibor qaratish, xalqimizning bu yerga kelib mazmunli dam olishi uchun qulayliklar yaratish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.

 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo