icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Davlat chegaralarini qo‘riqlash va himoya qilish tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi

27.08.2019

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 27-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegaralarini qo‘riqlash va himoya qilish tizimini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparati, Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) rahbariyati, shuningdek, DXX Chegara qo‘shinlari qo‘mondonligi ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Chegara qo‘shinlari faoliyatining amaliy natijalari ko‘rib chiqildi, davlat chegaralarini qo‘riqlash va himoya qilish tizimini xalqaro va mintaqaviy xavfsizlikka tahdid solayotgan zamonaviy xatarlarni hisobga olgan holda yanada takomillashtirishning ustuvor vazifalari belgilandi.

Chegaralarimiz xavfsizligi va daxlsizligini ishonchli va kafolatli ta’minlash xalqimiz tinch-osoyishta hayoti, mamlakatimiz taraqqiyotining garovi ekani ta’kidlandi.

Mintaqa mamlakatlarining chegara idoralari yo‘nalishidagi xalqaro hamkorlik izchil mustahkamlanib borayotgani, turli xalqaro tashkilotlar bilan birgalikda qo‘shma tadbirlar muvaffaqiyatli o‘tkazilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Qo‘shni davlatlar bilan o‘tkazish punktlari ochilgani, yangi havo, temir yo‘l va avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yilgani fuqarolarning o‘zaro bordi-keldisining ortishiga xizmat qilmoqda.

Chegaraoldi hamkorlikni faollashtirish yuzasidan xorijiy sheriklarimiz bilan erishilgan kelishuvlarning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi ustidan qat’iy nazoratni ta’minlash zarurligi ta’kidlandi.

Yig‘ilishda bajarilgan ishlar tanqidiy baholanib, O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegaralarini qo‘riqlash va himoya qilish tizimining samaradorligini yanada oshirish yuzasidan mutasaddi tuzilmalar rahbarlariga aniq topshiriqlar berildi.
 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo