icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Prezidentlar O‘zbekiston mahsulotlari ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi

01.08.2019

Prezident Shavkat Mirziyoyev Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko hamrohligida Minskda tashkil etilgan O‘zbekiston milliy sanoat ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi.

Mamlakatimizning keng turdagi mahsulot va xizmatlari uchun «BelEkspo» milliy ko‘rgazmalar markazida alohida majmua ajratilgan.

Maydoni 3 ming kvadrat metr bo‘lgan usti yopiq manejda 25 ta eksklyuziv stendlar qurilib, “O‘zeltexsanoat”, “O‘zto‘qimachiliksanoat”, “O‘zcharmsanoat”, “O‘zbekoziqovqatxolding”, “O‘zkimyosanoat”,  “O‘zbekneftgaz”, “O‘zsanoatqurilishmateriallari”,  “O‘ztreyd”, Navoiy va Olmaliq kon-metallurgiya kombinatlari kabi yetakchi kompaniya va uyushmalar, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish, Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentliklari mahsulotlari ko‘rgazmaga qo‘yilgan. 500 kvadrat metr ochiq maydonda esa avtomobillar, qishloq xo‘jaligi texnikalari, yuk mashinalari, avtobuslar va boshqa tovarlar namoyish etilmoqda.  

Ko‘rgazmada o‘nta viloyatimizdan yuzdan ziyod korxona va tadbirkorlik sub’ektlari o‘z mahsulot va xizmatlari bilan ishtirok etmoqda. Yurtimizning turizm salohiyati targ‘ibotiga ham alohida e’tibor qaratilgan.  

29-iyul kuni ochilgan ushbu ko‘rgazmaga Belarusning barcha hududlaridan ishbilarmon doiralar, savdo va sanoat tashkilotlari hamda keng jamoatchilik vakillari kelmoqda. 

Aleksandr Lukashenkoga mamlakatimiz kompaniyalarining quvvati va salohiyati, mahsulotlarning sifati haqida so‘zlab berildi.

Davlatimiz rahbari O‘zbekiston kompaniya va agentliklarining mutasaddilariga Belarusdagi manfaatdor korxonalar bilan kooperatsion aloqalarni o‘rnatish, qo‘shma savdo va investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo