icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Prezident Shavkat Mirziyoyev: Islom sivilizatsiyasi markazi ilmiy fundamental baza bo‘lishi lozim

25.06.2019

Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yili iyunda O‘zbekiston islom sivilizatsiyasi markazi qurilishiga ramziy tamal toshi qo‘ygan edi. O‘tgan vaqt davomida bu yerda keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Inshoot yerto‘lasi va devorlari qurildi, ayni paytda tom qismi konstruksiyalari montaj qilinmoqda.  

Qariyb 10 gektarni egallagan muassasa ilmiy-ma’rifiy markaz bo‘ladi. Bino yerto‘lasida muzey ombori, qadimiy qo‘lyozma va osori-atiqalarni restavratsiya qilish xonalari bo‘ladi. Birinchi qavatda kutubxona, anjumanlar zali, ajdodlarimizning ilm-fan rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi va me’morlik an’analariga bag‘ishlangan ko‘rgazma zallari joylashadi. Markaziy foyega Usmon Qur’oni qo‘yiladi. Ikkinchi qavatdan axborot-resurs markazi, ilmiy kafedralar va boshqa xonalar o‘rin oladi. 

Davlat rahbari qurilish jarayonini ko‘zdan kechirdi, binoning ichki va tashqi ko‘rinishi, gumbaz ranglari yuzasidan o‘z tavsiyalarini berdi.

-  Bu markaz orqali ilm, ma’rifat, madaniyat rivojiga millatimiz qo‘shgan hissani muhrlab qo‘ymoqchimiz, bu ulug‘ merosni xalqimizga, yoshlarimizga yetkazmoqchimiz. Islom sivilizatsiyasi markazi shu yo‘nalishdagi ilmiy muassasalar uchun fundamental baza bo‘lishi lozim. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasidagi o‘quv ishlari bu markaz bilan hamohang bo‘lishi, talabalar yuqori kurslarni shu yerda o‘qib, o‘qituvchilar malaka oshirishi kerak, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezidentimiz Usmon Qur’onini bezavol saqlash masalasiga alohida e’tibor qaratdi. Uni talabga mos harorat va yorug‘lik darajasini ta’minlagan holda saqlash, ziyoratchilar uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha davlatimiz rahbari ko‘rsatmalar berdi.

 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo