icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Toshkent viloyati ichki ishlar tizimida eksperiment joriy etilmoqda

01.06.2019

Prezident Shavkat Mirziyoyev Angren shahridagi 2-sonli ichki ishlar bo‘limini borib ko‘rdi.

Bo‘lim uchun yangi bino barpo etildi. Tezkor navbatchilik qismi va xizmat xonalari zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlandi. Profilaktika, tergov, jinoyat-qidiruv bo‘linmalari, pasport xizmati, psixolog faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Davlatimiz rahbarining joriy yil 29-maydagi qaroriga muvofiq Toshkent viloyatida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari kuch va vositalarini boshqarishning sifat jihatdan yangi tizimi joriy etilmoqda. Ushbu eksperiment doirasida viloyat, tuman va shahar darajasidagi tuzilmalarni maqbullashtirib, 86 foiz xodimlarni quyi bo‘g‘inga tushirish belgilangan. Angren shahrida ham bu boradagi ishlar boshlab yuborilgan.

- Jinoyatchilik jilovlansa, xalqimiz xotirjam, davlatdan rozi bo‘ladi. Buning uchun hamma huquqni muhofaza qilish organlari yanada jips ishlashi, aholiga yaqin bo‘lishi kerak. Shunda huquqbuzarliklarning oldi olinib, jinoyatga o‘rin qolmaydi, - dedi Prezident.

Ichki ishlar, Milliy gvardiya, prokuratura, sud va boshqa organlar hamkorligini kuchaytirish, bo‘linmalarning tezkorligini oshirish va maksimal darajadagi harakatchanligini ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo