icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Angrenda zamonaviy temir yo‘l vokzali barpo etildi

01.06.2019

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1-iyun kuni Toshkent viloyatining Angren shahriga tashrif buyurdi.  

Davlat rahbarining avvalgi tashrifi chog‘ida belgilab berilgan vazifalar asosida Angrenda ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan Angren temir yo‘l vokzali barpo etildi.

Angren transport kommunikatsiyalari jihatidan muhim strategik hudud. Toshkentni vodiy bilan bog‘lovchi temir yo‘l qurilganidan keyin uning ahamiyati yanada ortdi. Lekin vokzal yo‘qligi bois yo‘lovchilar uzoq stansiyalarga borishga majbur bo‘lardi. Yangi vokzal shahar aholisi va turistlar uchun katta qulaylik yaratadi.  
 
Vokzalda bir vaqtning o‘zida 100 yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkoniyati mavjud. Kutish zali, ona va bola xonasi, tibbiy punkt, ovqatlanish va savdo shaxobchalarida barcha sharoit yaratilgan. 

Prezidentimiz vokzalda yo‘lovchi va xizmatchilar uchun yaratilgan qulayliklarni ko‘zdan kechirdi. Shu yerda Toshkent viloyatida turizm, energetika, kimyo, metallurgiya sohalaridagi istiqbolli loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.

Prezidentimiz «Chorvoq» erkin turistik zonasida xalqaro dam olish maskanlari, Beldirsoy, Chimyon va Nanay hududlarida Fransiya kompaniyalari konsorsiumi ishtirokida tog‘-chang‘i kurorti barpo etish loyihalariga alohida ahamiyat qaratdi.

 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo