icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Prezident Shavkat Mirziyoyev Muhammad Yusuf nomidagi maktabga tashrif buyurdi

17.05.2019

Davlatimiz rahbari 2017-yil 2-3-iyunda Andijon viloyatiga tashrifi chog‘ida Andijon shahrida Muhammad Yusuf nomidagi ona tili va adabiyoti fanini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab tashkil etish taklifini bildirgan edi. Shunga muvofiq o‘sha yili iyulda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori qabul qilinib, 11-dekabrda mazkur maktab ochilgan edi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon shahridagi Muhammad Yusuf nomidagi maktab-internatga tashrif buyurdi. 

Maktab oldida shoir byusti o‘rnatilgan xiyobon barpo etilgan. Bilim dargohida umumta’lim fanlari bilan birga, ona tili va adabiyotni chuqur o‘rganish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Sinfxonalar, kutubxona, sport zali, yotoqxona zamonaviy jihozlangan. Bugungi kunda bu yerda 250 nafar iqtidorli yigit-qiz ta’lim olmoqda.

Shavkat Mirziyoyev Muhammad Yusufning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan mo‘’jazgina muzeyni ko‘rdi. Maktab o‘quvchilari shoir she’rlaridan namunalar o‘qib berdi.

– Muhammad Yusuf halqimiz sevgan samimiy shoir, vatanparvar inson edi. Sizlar uning munosib davomchilari bo‘lishingiz kerak. Buning uchun bir daqiqayam vaqtlaringizni bexuda o‘tkazmay, ko‘proq o‘qib, tarixga uyg‘oq boqib kamolga yetishlaringiz zarur. Eng katta boylik – ma’naviy boylikdir, - dedi Prezident.

Davlatimiz rahbari mutasaddilarga maktab-internat o‘quvchilari uchun avtobus ajratish, boshqa viloyatlardagi ijod maktablariga borib, tengdoshlari bilan muloqot qilishiga ko‘maklashish, viloyat televideniyesida o‘quvchilar ishtirokida ko‘rsatuvlar tayyorlash bo‘yicha topshiriq berdi.

Prezidentimizning Andijon viloyatiga tashrifi yakunlandi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo