icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Boysun tumanida yangi gaz-kimyo majmuasi barpo etiladi

30.04.2019

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil aprel oyida Rossiya Federatsiyasiga davlat tashrifi asnosida Boysun tumanidagi "Mustaqillikning 25 yilligi" gaz konida qidiruv va o‘zlashtirish ishlarini amalga oshirish, gaz-kimyo majmuasi qurish bo‘yicha bitim imzolangan edi.

Umumiy qiymati 5,27 milliard AQSh dollariga teng ushbu loyiha ikki bosqichda amalga oshiriladi. 

2018-2022-yillarga mo‘ljallangan birinchi bosqichda yiliga 5 milliard kub metr gazni qayta ishlash quvvatiga ega zavod quriladi.2023-2025-yillarga mo‘ljallangan ikkinchi bosqichda 1,5 milliard kub metr gazni qayta ishlash hisobiga yiliga 500 ming tonna polimer mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatiga ega gaz-kimyo majmuasi barpo etiladi. Loyiha amalga oshirilgandan so‘ng 2 ming 200 ish o‘rni yaratiladi.

Hozirgi kunda gaz konining 3D seysmik qidiruv ishlari o‘tkazilmoqda, “Eriell” kompaniyasi tomonidan 7 ta baholash qudug‘i burg‘ulanmoqda. Ob’ektda "Baker Hughes”, “Halliburton” va “Schlumberger” xorijiy kompaniyalari mutaxassislari ham mehnat qilmoqda.

Boysun tumanida boshlangan navbatdagi loyiha mamlakatimizning janubiy hududini kompleks rivojlantirish, yoqilg‘i-energetika, kimyo, qurilish sanoati va transport infratuzilmasi korxonalari quvvatlarini oshirish imkonini beradi. 

Prezidentimizga loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusida erishiladigan natijalar haqidagi taqdimot namoyish etildi.

Shavkat Mirziyoyev konda o‘tkazilayotgan geologiya-qidiruv jarayoni, uni o‘zlashtirish, tashqi infratuzilmalarni va gazni qayta ishlash zavodini qurishni jadallashtirish bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berdi.

Shu yerda Surxondaryo viloyatida 900 megavatli issiqlik elektr stansiyasi qurish, viloyatda sanoat sohasini rivojlantirish, muhandislik tarmoqlarini modernizatsiya qilish, 2019-2020-yillarda Boysun tumanida aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash, Sariosiyo tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar taqdimotlari o‘tkazildi.
 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo