icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekistonda Qozog‘iston yili qardoshlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlashga xizmat qiladi

15.04.2019

«O‘zbekiston» xalqaro anjumanlar saroyida 15-aprel kuni O‘zbekistonda Qozog‘iston yilining rasmiy ochilish marosimi bo‘ldi.

Marosimni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ochib, qardosh qozog‘istonliklarni yurtimizga tashrifi bilan qutladi.

- O‘zbekistonda Qozog‘iston yilining ochilishi strategik sheriklik munosabatlari tobora mustahkamlanib, ishonch va o‘zaro qo‘llab-quvvatlash kuchayib borayotganidan dalolat beradi. Ushbu muhim voqea xalqlarimiz o‘rtasidagi abadiy va samimiy do‘stlik, madaniy va ma’naviy yaqinlik ramzidir, - dedi Shavkat Mirziyoyev.
O‘zbek va qozoq xalqlari azaldan bir-biriga tayanch bo‘lib, qiyinchiliklarni yengib o‘tgani, bugungi kunda xalqlarimizning umumiy kelajagini ham birgalikda bunyod etayotgani ta’kidlandi.

- Bugungi kun O‘zbekiston va Qozog‘iston munosabatlarida yangi, tarixiy kun sifatida xalqlarimiz o‘rtasidagi qardoshlik aloqalarini rivojlantirish uchun mustahkam zamin yaratadi, deb ishonaman, - dedi davlatimiz rahbari.

Ma’lumki, 2018-yilda Qozog‘istonda O‘zbekiston yili deb e’lon qilingan edi. Ushbu sana doirasida madaniyat, san’at, adabiyot, ilm-fan, turizm va boshqa sohalarda 100 dan ziyod tadbirlar o‘tkazildi. Teatr va folklor jamoalari, estrada xonandalarining ijodiy safarlari uyushtirildi. Olmaota shahrida o‘zbek adabiyoti kunlari, Taraz, Chimkent, Qizilo‘rda, Turkiston shaharlarida o‘zbek kinosi kunlari bo‘lib o‘tdi.

Davlatimiz rahbarining 2018-yil 13-martdagi qaroriga muvofiq qozoq shoiri va mutafakkiri Abay Qo‘nonboyev ijodiy merosini o‘rganish tashkil etildi. Qozog‘istonda buyuk bobomiz Alisher Navoiy tavalludining 577 yilligi keng nishonlandi.

Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev O‘zbekistonda qozoq tili va madaniyatini rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor uchun minnatdorlik bildirdi. Qozog‘iston yili doirasida o‘tkaziladigan tadbirlar qardosh xalqlarimiz madaniy aloqalarini yanada mustahkamlashini qayd etdi. 

Mamlakatimizda Qozog‘iston yiliga katta tayyorgarlik ko‘rildi. Uning doirasidagi tadbirlar san’at, fan, ta’lim va tadbirkorlik sohalari vakillariga o‘zaro manfaatli aloqalarni yo‘lga qo‘yish, bilim va tajriba almashish uchun yangi ufqlar ochadi. Madaniyatlarimiz bir-birini boyitishiga, xalqlarimiz yanada yaqin bo‘lishiga xizmat qiladi.Ochilish marosimi katta konsert dasturi bilan davom etdi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo