icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Prezident Shavkat Mirziyoyev Romitan tumanidagi “BCT Cluster” xorijiy korxonasi faoliyati bilan tanishdi

29.03.2019

Qishloq xoʻjaligida klaster tizimini rivojlantirish borasidagi ishlar doirasida mazkur korxona uchun 8 ming gektar yer ajratilgan edi. 3 mingdan ziyod kishi ish bilan taʼminlanib, paxta yetishtirish va uni qayta ishlash yoʻlga qoʻyildi. Birgina 2018-yilda 20 ming tonnadan ziyod xomashyo yetishtirilib, uni qayta ishlash natijasida 61,5 million dollarlik daromad olindi.

Eʼtiborlisi, korxonaga dastlab qariyb 75 million dollar investitsiya yoʻnaltirilgan edi. Yaʼni, sarflangan mablagʻ bir yildayoq oʻzini salkam oqladi.

Yana bir jihati: shuncha paxta tola sifatida sotilganda 11,5 million dollar boʻlardi. Qayta ishlab, tayyor mahsulot sifatida sotilganda 50 million yoki 6 barobar koʻp qoʻshimcha qiymat yaratilgan.

- Mana, klasterlar qanday boʻlishi kerak. Tadbirkorda manfaatdorlik hissi, yangicha dunyoqarash boʻlsa, albatta natija qiladi. Iqtisodiyot ishlasa, ijtimoiy sohalarniyam “tortadi”. Klaster elga manfaat keltiradi, odamlarni ish bilan, daromad bilan taʼminlaydi. Eng katta maqsadimiz mana shu, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Umuman, klaster paxta xomashyosi yetishtirish, uni qayta ishlab, tayyor mahsulotlargacha boʻlgan 8 ta loyihani oʻz ichiga oladi. Ip-kalava va mato ishlab chiqarish, ularni boʻyash, tayyor kiyim tikish fabrikalari qurilishi davom etmoqda.

Shuningdek, yogʻ-moy zavodi, chorvachilik kompleksi va ozuqa ishlab chiqarish korxonasi tashkil etish rejalashtirilgan.

Shu yerda Buxoro viloyatida pillachilikni rivojlantirish, oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish, sugʻorish tarmoqlarini rekonstruksiya qilish, fermer xoʻjaliklarini yoqilgʻi va mineral oʻgʻitlar bilan taʼminlash tizimini takomillashtirishga oid ishlar haqida maʼlumot berildi. Prezidentimiz tomorqa yerlardan samarali foydalanishga oid rejalarga alohida eʼtibor qaratib, aholiga amaliy koʻmak berish zarurligini, bu oziq-ovqat mahsulotlari moʻl-koʻlligi va arzonligini taʼminlashda muhimligini taʼkidladi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo