icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti AQSH Qurolli Kuchlari Markaziy qoʻmondonligi qoʻmondonini qabul qildi

20.02.2019

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20-fevral kuni Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari bosh shtablari boshliqlarining konferensiyasida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan AQSH Qurolli Kuchlari Markaziy qoʻmondonligi qoʻmondoni general Jozef Votelni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni samimiy qutlar ekan, oʻtgan yili may oyida AQSHga rasmiy tashrif davomida boʻlib oʻtgan oliy darajadagi samarali muzokaralar mamlakatlarimiz oʻrtasidagi keng koʻlamli strategik sheriklikda yangi davrni boshlab berganini qayd etdi.

Bugungi kunda koʻp qirrali Oʻzbekiston – AQSH munosabatlari izchil mustahkamlanib bormoqda, innovatsiyalar, sanoat, qishloq xoʻjaligi, farmatsevtika va boshqa tarmoqlarda qoʻshma dastur va loyihalar amalga oshirilmoqda. 2018-yilda oʻzaro savdo hajmi ikki barobar koʻpaydi.

Prezidentimiz AQSH Qurolli Kuchlari Markaziy qoʻmondonligi tomonidan tashkil etilayotgan Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari Qurolli kuchlari shtablari boshliqlarining konferensiyasi ilk bor mamlakatimiz poytaxtida oʻtkazilayotgani hamda bugungi davrning eng oʻtkir muammolaridan biri – Afgʻonistondagi qurolli mojaroni muhokama qilish va uni hal etishga yondashuvlarni birgalikda ishlab chiqish uchun maydon ekanini taʼkidladi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston bilan AQSH oʻrtasidagi harbiy va harbiy-texnik hamkorlik hamda xavfsizlik sohasidagi sheriklik masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Jozef Votel davlatimiz rahbariga samimiy qabul va konferensiyani Toshkentda oʻtkazish imkoniyati uchun minnatdorlik bildirdi.

AQSH Qurolli Kuchlari Markaziy qoʻmondonligi qoʻmondoni ushbu tadbir yakunida tomonlar mintaqada tinchlik va farovonlikni taʼminlash yoʻlida konstruktiv sheriklikni rivojlantirish va mustahkamlashga qaratilgan strategiyani ishlab chiqishlariga ishonch bildirdi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo