Oʻzbekiston va Germaniya Prezidentlarining muzokaralari boshlandi
21.01.2019
21-yanvar kuni Belvyu saroyida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Germaniya Federativ Respublikasi Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer kutib oldi.
Davlatimiz rahbari faxriy mehmonlar kitobiga imzo qoʻydi.
Oliy martabali mehmonni rasmiy kutib olish marosimi boʻldi. Prezidentimiz sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Oʻzbekiston va Germaniya davlat madhiyalari yangradi.
Prezidentlar faxriy qorovul safi oldidan oʻtdi.
Muzokara avvalida Shavkat Mirziyoyev Frank-Valter Shtaynmayerni joriy yilning may oyida nishonlanadigan Germaniya Federativ Respublikasi tashkil topganining 70 yilligi bilan tabrikladi.