
Prezident Samarqandga keldi
11.01.2019

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11-yanvar kuni Samarqandga tashrif buyurdi. Davlatimiz rahbari viloyatda qurilayotgan uy-joylar, ilmiy va madaniy obyektlar, iqtisodiy loyihalar bilan tanishadi. Tushdan keyin Samarqand shahrida faollar ishtirokida yigʻilish oʻtkaziladi.