icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Shavkat Mirziyoyev: Mehnatsiz, mashaqqatsiz natijaga erishib boʻlmaydi

14.12.2018

Qarshi shahrida viloyat va tumanlar hokimlari, sektorlar rahbarlari ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashqi bozorlarga chiqish, har bir sohani isloh qilishdan maqsad xalqimiz manfaatini taʼminlash ekanini taʼkidladi.

- Mana koʻryapsizlar, deyarli har kuni farmon, qaror chiqyapti. Ularning ustida tashkilotlar, ekspertlar oylab, yillab ishlaydi. Bu farmon, qarorlarni ishlab chiqish azob. Ularni amalga oshirish oʻn karra azob, - dedi davlatimiz rahbari.

Joylardagi ijro organlari sustkashlikka, jamoatchilik ulardan talab qilishda befarqlikka yoʻl qoʻyayotgani tanqid qilindi.

- Xalqimiz yaxshi yashashini, rivojlangan davlatlar qatoriga chiqishni istaymiz. Lekin hech kim mehnatsiz, mashaqqatsiz natijaga erishmagan, erisholmaydiyam! Prezident kelib yoʻnalish beradi, vazifa qoʻyadi. Ularni kim amalga oshiradi? Odamlar qachon uygʻonadi? Biz ancha narsada kechikkanmiz. Agar endiyam uygʻonmasak oldimizga qoʻygan katta maqsadlarimizga yetolmaymiz. Birov kelib biz uchun hech narsa qilib bermaydi, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezidentimiz dunyodagi raqobatga munosib boʻlish, birni ikki qilish uchun har bir rahbar, har bir yosh har kuni oʻqishi, oʻzini qiynashi, izlanishi kerakligini taʼkidladi.

Yigʻilishni videoselektor orqali keng jamoatchilik vakillari kuzatib bormoqda.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo